Jahon | 18:26 / 02.10.2025
8591
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask $500 mlrd boylikka ega birinchi odamga aylandi – Forbes

Asosiy o‘sish Tesla aksiyalari va SpaceX va xAI kabi xususiy kompaniyalardagi ulushining yuqori baholanishi bilan ta’minlandi.

Foto: Getty images

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask boyligi 500 milliard dollardan oshgan tarixdagi birinchi odam bo‘ldi. Asosiy o‘sish Tesla aksiyalari va SpaceX va xAI kabi xususiy kompaniyalardagi ulushining yuqori baholanishi bilan ta’minlandi. Forbes ommaviy aktivlarning bozor kapitallashuvini hisobga oladi, xususiy mulklar uchun multiplikatorlarni qo‘llaydi va qarzlarni, shu jumladan Tesla aksiyalari bilan ta’minlangan taxminan 3,5 milliard dollarni ayiradi.

Biroq, baholash shartli va metodologiyaga juda bog‘liq. O‘zining Billionaires Index’ini nashr etuvchi Bloomberg xuddi shu davrda Maskning boyligini sezilarli darajada pastroq - taxminan 370-470 milliard dollarga baholagan. Yondashuvlardagi farqlar sababi: Bloomberg xususiy kompaniyalarda likvidlik va nazoratga nisbatan konservativ chegirmalarni qo‘llaydi va qarz majburiyatlarini qat’iyroq hisobga oladi. Forbes esa ko‘pincha aktivlarning eng yuqori bozor qiymatlarini qayd etadi.

Farq «qog‘ozdagi boylik» shartli ekanini ta’kidlaydi – haqiqiy qiymat ancha past bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, Forbes talqiniga ko‘ra, Mask sayyoradagi birinchi «yarim trillioner»ga aylandi, bu uning texnologiya biznesi va moliya bozorlaridagi o‘ziga xos ta’sirini aks ettiradi.

Mavzuga oid