Turizm | 13:52 / 13.10.2025
5078
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan top-10 davlat aytildi

2025 yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,1 mln nafarga yoki 26,8 foizga oshgan.

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan top-10 davlat:

Qirg‘iziston — 2,3 mln nafar;
Qozog‘iston — 956 ming nafar;
Tojikiston — 887,9 ming nafar;
Rossiya — 312,7 ming nafar;
Turkiya — 181,7 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;
BAA — 94,2 ming nafar;
Misr — 45,4 ming nafar;
Vetnam — 28,5 ming nafar;
Xitoy — 27,6 ming nafar;
boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.

Mavzuga oid