Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yori-I” dasturi doirasidagi navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yamagata universiteti bilan hamkorlikda qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida o‘qitishga qaratilgan xalqaro darajadagi ta’lim dasturini amalga oshirmoqda. Shu kunlarda “Yori-I” dasturi doirasidagi 3 kunlik navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: Biznesni rivojlantirish banki
Tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlashga qaratilgan to‘rt bosqichli dasturning bu galgi o‘quvlariga “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 30 nafar xodimi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 50 nafar yosh tadbirkor jalb qilindi.
Ta’kidlash lozimki, loyiha doirasidagi ta’lim jarayoni Yaponiyaning 12 nafar yetakchi ekspertlari tomonidan olib boriladi. Xususan, Yamagata universiteti Tadbirkorlik ta’limi va tadqiqot markazi direktori, professor Tadashi Onodera ham bevosita mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Ushbu loyiha 60 soatlik ta’lim: ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy ish va onlayn darslarni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy yo‘nalishlar: tadbirkorlik tafakkuri, ijtimoiy innovatsiyalar, biznes-modellar ishlab chiqish, hududiy muammolarni yechishdan iborat.

Yana bir ahamiyatli tomoni, tinglovchilar yapon ekspertlari bilan ekologiya, raqamli transformatsiya (DX), sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha keys-stadilar ustida birga ishlash imkoniga ega. Olingan bilimlar esa Qoraqalpog‘istondagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan aniq biznes-loyiha ishlab chiqish asosida amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanadi.

Ta’lim dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Kaizen (kaydzen) — doimiy takomillashuv falsafasi.
• Lean Management — resurslarni tejash va samarali ishlash usuli.
• Ikigai (ikigay) — shaxsiy va kasbiy maqsadni topish, hayotiy muvozanat.
• Kanban (kanban) — zamonaviy loyihalarni boshqarish tizimi.
• Yapon kompaniyalari tajribasi (Case study) — kichik biznes orqali ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechish namunasi.
• Ijtimoiy tadbirkorlik va “kollektiv ta’sir” — daromad bilan birga ijtimoiy muammolarni ham hal qilish.
• Digital Transformation (DX) — kichik biznesni raqamli texnologiyalar bilan rivojlantirish.
• Green Business & Sustainable Agriculture — ekologik biznes-modellar va organik qishloq xo‘jaligi.

Eng asosiysi, uch kunlik mashg‘ulotlar orqali O‘zbekistonda birinchi milliy mentorlar tarmog‘ini shakllantirish, yoshlar startaplari va hududiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni biznes orqali hal etishga Yapon tajribasini joriy qilish hamda kelgusida tashkil etiladigan O‘zbekiston-Yaponiya Oliy biznes maktabi uchun asos yaratishga erishish maqsad qilingan.

Bir so‘z bilan aytganda, Qoraqalpog‘istondagi xalqaro mentorlar ta’limi bu – yangi avlod yetakchilarini tayyorlash sari muhim qadam bo‘lib, ular nafaqat biznes qiladi, balki innovatsiyalar orqali ijtimoiy muammolarni hal etadi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan dasturning yakuniy taqdimoti 2026 yil fevralida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:00 / 28.11.2025
Biznesni rivojlantirish banki korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari haqida axborot berdi
17:00 / 04.06.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda
19:00 / 02.06.2025
Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi
17:00 / 28.05.2025