Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qoidalar: qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini turli yo‘nalishlarda ochish mumkin
Yangi qonun bilan qator qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim bolalar va katta yoshdagilar uchun alohida yo‘nalishlarda tashkil etilishi, shuningdek davlat, nodavlat va tijorat sektorlari ushbu sohada tashkilot ochishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.
Yangi qoidalar qo‘shimcha ta’lim tizimini ikki turga ajratadi:
1) Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim.
Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilib, bolalarning iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga xizmat qiladi. Mazkur yo‘nalishdagi tashkilotlar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa sohalarda faoliyat yuritishi mumkin.
2) Katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim.
Kattalarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Bu qayta tayyorlash, malaka oshirish va «umrbod o‘qish» (lifelong learning) amaliyotini institutsional tarzda kengaytiradi.
Qonunga muvofiq, qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tijorat sub’yektlari ochishi mumkin. Bu esa jamoat, xususiy va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirib, hududiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda yangi ta’lim tashabbuslarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.