Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkentda ko‘p funksiyali yerosti majmualari barpo etiladi
Yangi Toshkent shahrining zamonaviy konsepsiyasiga ko‘ra, shaharning markaziy qismlarida ko‘p funksiyali yerosti majmualari barpo etiladi. Ularda transport va servis xizmatlari, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar xalqaro standartlar asosida joriy etiladi.
Yangi Toshkent loyihasida yerusti inshootlari bilan bir qatorda yerosti infratuzilmasini rivojlantirish ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Konsepsiyaga muvofiq, shaharning markaziy hududlarida ko‘p funksiyali yerosti majmualari barpo etilib, aholi va mehmonlar uchun transport, servis va ijtimoiy xizmatlar bir nuqtada jamlanadi.
Loyiha doirasida yerosti majmualarida quyidagi imkoniyat va servislar ko‘zda tutilgan:
- avtomobillar uchun avtomoyka va quvvatlash stansiyalari;
- velosiped turargohlari hamda mikromobilitet infratuzilmasi;
- ota-onalar uchun bola parvarishi xonalari;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida to‘xtash joylari va xizmat ko‘rsatish nuqtalari — barchasi xalqaro standartlarga muvofiq.
Tashkil etiladigan yerosti majmualari shahar yuklamasini yerostiga qisman taqsimlash, piyodalar harakatini xavfsiz va qulay qilish, servis xizmatlariga tezkor yetishuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida Yangi Toshkent me’moriy yechimlar bilan birga inklyuziv va qulay shaharsozlik yondashuvi bilan ham ajralib turishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
20:12 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda suvni 232 metr balandlikka otadigan super favvora quriladi
19:13 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
09:24 / 13.02.2026