Jamiyat | 17:43 / 07.11.2025
23323
2 daqiqa o‘qiladi

Yomg‘irsiz yarim oy?

Uzoq kutilgan yog‘ingarchiliklar ketidan noyabrning 23 sanalariga qadar mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kunlar kutilmoqda.

Ob-havo prognozi Kun.uz`ning jonli dasturida.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Noyabr boshidagi sezilarli salqin kunlar o‘rniga Turkmanistondan kirayotgan issiq va quruq havo oqimlari mintaqa ob-havosini belgilab berishi aniq bo‘lib bormoqda. Ushbu havo oqimlarini mahalliy havo oqimlariga qiyoslash mumkin.

Respublikning ko‘plab suv omborlarida so‘nggi uch yillikdagi eng kam suv to‘planishi yuz bermoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoning Pachkamar, Hisorak, Jizzaxning Zomin hamda Namangan viloyatining suv resurslariga bevosita ta’sir etuvchi Kosonsoy suv omborida suv zaxirasi juda kam.

Qishloq xo‘jaligi

Kuzgi bug‘doyning qishgi tinim davriga kirishi jarayoni uchun hududlarda tuproqda namlik kam. Noyabr oyi boshlaridagi namgarchilik va sovuq urish hodisalari qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan dov daraxtlar uchun yana stress ulashishi oydinlashmoqda.

Kelayotgan hafta yana favqulodda quruq va issiq o‘tishi prognoz qilinmoqda.

Mavzuga oid