Texnologiya | 21:06 / 08.11.2025
6507
2 daqiqa o‘qiladi

Eng ommabop va oson buziladigan parollar reytingi tuzildi

2025 yilda eng keng tarqalgan parollar orasida 123456, admin va password bor ekani aniqlandi.

Foto: iStock

Comparitech tadqiqot kompaniyasi 2025 yilda sizib chiqqan ikki milliard parolni o‘rganib chiqib, eng mashhur va shunga mos ravishda ishonchsiz parollar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda jami 100 ta variant bor, ammo eng qiziqarlisi dastlabki 20 ta variant.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2025 yilda eng keng tarqalgan parollar orasida 123456, admin va password bor ekani aniqlandi va Luvr muzeyi videokuzatuv tizimi paroli Louvre bo‘lgan dunyoda bu unchalik ajablanarli emas.

Parollarni tahlil qilish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, eng mashhur 100 ta parolning chorak qismi faqat raqamlardan iborat bo‘lib, ularning 38,6 foizi 123 ketma-ketligini, 3,1 foizi esa abc harflarini o‘z ichiga olgan. Top-100 ga password yoki admin so‘zlarining u yoki bu variantlari va minecraft so‘zi bilan variantlar ham kirdi.

Top-10 eng ommabop parollar ro‘yxati quyidagicha:

- 123456

- 12345678

- 123456789

- admin

- 1234

- Aa123456

- 12345

- password

- 123

- 1234567890

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaxshi parol kamida 12 ta belgidan iborat bo‘lishi, raqamlar, turli registrdagi harflar va maxsus belgilarni o‘z ichiga olishi va taniqli so‘zlar yoki iboralarni o‘z ichiga olmasligi kerak.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid