Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan ta’sis etilgan xalqaro mukofot adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida katta yutuqlarga erishgan yurtimiz va xorijiy ijodkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon vakillari: Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev “Adabiyot” nominatsiyasida, Tojikiston xalq shoiri Davlat Safarzoda “Madaniyat” nominatsiyasida, M.Avezov nomidagi Qozog‘iston Milliy drama teatri aktyori Yerkebulan Dayirov “Teatr va kino” yo‘nalishida, Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov “Musiqa va raqs” nominatsiyasida, Turkmaniston xalq artisti Babasari Annamiradov “Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Dilafruz Egamberdiyeva “Fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar” nominatsiyasida tanlovning ilk g‘oliblari bo‘ldi.

Yetakchilar huzurida laureatlarga mukofot haykalchasi, diplom hamda 10 ming dollarlik pul mukofoti topshirildi.
Davlat rahbarlari sovrindorlar bilan suratga tushdilar.



Mavzuga oid
15:05 / 10.11.2025
Tibbiy xizmatlar eksportini oshirgan markazlarga alohida mukofot beriladi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
15:56 / 04.11.2025
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi
20:33 / 24.10.2025