Texnologiya | 09:53 / 17.11.2025
2812
2 daqiqa o‘qiladi

Apple’ga $634 million jarima: Masimo bilan mojaro yana avjida

Kaliforniya sudi Apple’ni Masimo patentini buzganlikda aybdor deb topdi va kompaniya $634 mln to‘lashi belgiladi. Bu qaror Apple Watch’ning AQShga importiga yana taqiq qo‘yilishi ehtimolini kuchaytirmoqda.

Foto: Abbosxon Yusufjonov

Mojaro 2023 yilda boshlangan: o‘shanda Apple qon kislorodini o‘lchovchi sensor bo‘yicha patentni buzganlikda ayblanib, Watch Series 9 va Ultra 2’ni AQShda vaqtincha sotolmay qolgan edi. 2024 yilda sotuv tiklandi, ammo pulsoksimetrsiz.

2025 yilda Apple funksiyani qayta joriy qildi — endi o‘lchovlar soatda emas, iPhone’da hisoblanadi. Masimo esa bu hali ham patentni buzayotganini da’vo qilmoqda.

Hozir AQSh Xalqaro savdo komissiyasi Apple Watch’larning importiga yana taqiq qo‘yish kerakmi-yo‘qmi, shuni tekshirmoqda. Yakuniy qaror 6 oy ichida chiqadi.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi     yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

Mavzuga oid