Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi uchun alohida huquqiy rejim joriy etilmoqda.
Foto: dgov.uz
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident farmoni (PF–233-son, 2025 yil 26 noyabr) qabul qilindi. Unga muvofiq, Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi.
Farmonning asosiy maqsadlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
- IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda xalqaro darajada raqobatbardosh va jozibador ekotizimni shakllantirish;
- raqamli yechimlar va innovatsiyalar bo‘yicha ilg‘or mahalliy kompaniyalar faoliyatini rag‘batlantirish, shu jumladan malakali kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash.
Farmonga ko‘ra, markaz hududida qator zamonaviy faoliyat turlariga ruxsat etiladi. Quyidagilar shular jumlasidandir:
- dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish;
- raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan biznes jarayonlar autsorsingi (BPO);
- video o‘yinlar (GameDev) yaratish, ular uchun grafik dizayn, video va audio kabi raqamli kontent ishlab chiqish, yaratish va tahrirlash;
- sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish.
Farmonga muvofiq, markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud sifatida e’tirof etiladi.
Bunday huquqiy maqom raqamli texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, chet el va mahalliy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda O‘zbekistonning mintaqaviy IT-markaz sifatidagi nufuzini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:28 / 04.12.2025
Mask: sun’iy intellekt odamlarni iqtisodiy mehnat zaruratidan ozod qiladi
15:49 / 03.12.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun etik me’yor va qoidalar joriy etiladi
21:13 / 01.12.2025
“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi orqali olingan suratlar bilan havo sifatini birlamchi baholash mumkin bo‘ladi
10:41 / 01.12.2025