O‘zbekiston | 14:59
1756
5 daqiqa o‘qiladi

33 davlat qatnashgan xalqaro tanlovda Chef Catering oshpazlari chempion bo‘ldi

27–29 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan II Xalqaro gastronomiya festivali va oshpazlar chempionati “Mazali O‘zbekiston–2025” mamlakatimiz gastronomiya sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘ldi. 

30 dan ortiq davlatdan kelgan tajribali oshpazlar ishtirok etgan ushbu musobaqada Chef Catering jamoasi ham faol qatnashib, bir nechta nominatsiyalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Chempionat Jahon Oshpazlar Uyushmalari Assotsiatsiyasi (WACS) standartlari asosida tashkil etilib, unda zamonaviy gastronomik yechimlar, milliy taomlar, nonvoylik va desert yo‘nalishlarida eng iqtidorli oshpazlar o‘z mahoratini namoyon etdi.

Chef Catering oshpazlarining natijalari

ABDUG‘AFFOROV ABDULLA ABDUG‘OFUR O‘G‘LI

● 1-o‘rin — qizil go‘sht taomi yo‘nalishi bo‘yicha

● 3-o‘rin — baliq taomi yo‘nalishi bo‘yicha

MAMANAZAROVA NODIRA FAXRITDINOVNA

● 1-o‘rin — restoran desertlari yo‘nalishi bo‘yicha

BOBOXONOV JAVOXIR ABDUHAMID O‘G‘LI

● 2-o‘rin — baliq taomi yo‘nalishi bo‘yicha

● 3-o‘rin — qizil go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha

NIG‘MATOV IZZAT ERKIN O‘G‘LI

● 3-o‘rin — baliq taomi yo‘nalishi bo‘yicha

● Qizil go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha sertifikat

TURDIBOYeV NODIR Ne’MATJONOVICh

● 3-o‘rin — baliq taomi yo‘nalishi bo‘yicha

● 3-o‘rin — qizil go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha

BeKNAZAROV NODIR BOTIR O‘G‘LI

● restoran desertlari yo‘nalishi bo‘yicha sertifikat

Mazkur natijalar Chef Catering jamoasining professionalligi, texnik tayyorgarligi va gastronomik mahoratini yana bir bor tasdiqladi. Har bir oshpazning ikki yo‘nalishda ham sovrinli o‘rin egallashi kompaniyada shakllangan kuchli oshpazlik maktabi mavjudligini ko‘rsatadi.

Chef Catering — 15 yillik tajriba va halol tamoyillar asosida ishlaydi.

 

Chef Catering bugun O‘zbekistondagi eng yirik va ishonchli korporativ keytering kompaniyalaridan biri sifatida tan olingan. 15 yillik faoliyati davomida:

• ovqat xavfsizligi, sifat va halollik standartlari bo‘yicha yetakchi maqomga ega bo‘ldi

• xalqaro akkreditatsiyaga ega Halol sertifikat asosida to‘liq shaffof va ishonchli ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi

• FSSC 22000 v6 sertifikati orqali mahsulotlarining eng yuqori global xavfsizlik talablariga mos ekanini tasdiqladi

• ishlab chiqarish jarayonlarida diniy talablarga, gigiyena va etik me’yorlarga qat’iy amal qiladi

Bugungi kunda Chef Catering:

• 1 000 dan ortiq tashkilot bilan hamkorlik qiladi

• 300 dan ortiq manzilda — zavodlar, fabrikalar, maktablar, bog‘chalar, universitetlar va ofislarda xizmat ko‘rsatadi

• har kuni minglab insonlar uchun sifatli, xavfsiz va balanslangan ovqat tayyorlaydi

Kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omili — ichki intizom, jamoaviy fidoyilik va doimiy takomillashuvga bo‘lgan qat’iy intilishdir.

G‘oliblik ortida — mehnat, bilim va tizimli yondashuv

Chef Catering oshpazlarining chempionatda qo‘lga kiritgan natijalari hech qanday tasodif emas. Kompaniya yillar davomida:

• oshpazlar va texnologlarni muntazam o‘qitadi

• ovqat tayyorlash jarayonlarini xalqaro talablarga mos ravishda standartlashtiradi

• taomlar sifati, xavfsizligi va dizayniga alohida e’tibor qaratadi

• katta hajmdagi ishlab chiqarishni boshqarish uchun kuchli logistika va nazorat tizimini qo‘llaydi.

Aynan shu tizimli yondashuv kompaniya vakillarining xalqaro gastronomik maydonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.

Chef Catering — O‘zbekiston gastronomiyasining rivojiga hissa qo‘shayotgan jamoa

“Mazali O‘zbekiston–2025” chempionatida qo‘lga kiritilgan yutuqlar kompaniya rivojlanishidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Chef Catering nafaqat mijozlar uchun sifatli ovqat yetkazib berishga, balki O‘zbekiston oshpazlik madaniyatining xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga ham intiladi.

Telefon:  +998 77 021 11 11

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin