Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Vetnamdan deportatsiya qilindi
O‘zbekiston hamda Vetnam Interpol Milliy markaziy byurolari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi va Vetnamdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shaxs O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan edi.
Toshkent va Hanoy Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va o‘zaro muvofiqlashtirilgan tezkor ishlari natijasida u Vetnam hududida aniqlanib, qo‘lga olingan va belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, endilikda ushbu shaxs O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘z harakatlari uchun qonun oldida javob beradi.
Mavzuga oid
16:47 / 26.11.2025
BAAdan Interpol orqali qidiruvda bo‘lgan uch fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
13:51 / 11.09.2025
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga keltirildi
14:28 / 06.09.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 kishi O‘zbekistonga olib kelindi
21:59 / 18.08.2025