O‘zbekiston | 14:15 / 10.12.2025
1358
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligida agrodronlar soni oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiya va dronlardan foydalanish ko‘lamini oshirish maqsadida agrodronlar parki kengaytiriladi, har bir viloyatda kamida ikkitadan mobil dron kompleksi tashkil etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz ishga tushirilgan bo‘lib, u mazkur sohada mutaxassislar tayyorlash va agrodronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini bermoqda. Joriy yilning o‘zida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, shuningdek, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirilgan.

Kelgusi yili Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali fermer va klasterlarga agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi chegarasi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi. Bu esa kengroq maydonlarni qamrab olish, qishloq xo‘jaligi ishlari samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiya va sun’iy intellektni joriy etish orqali xarajatlarni kamaytirib, yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlar soni ortib borayotganini ta’kidlab, bu tendensiyani qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid