Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm | 13:28 / 12.12.2025
2656
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonliklarning Tailandga turistik safarlari 55 foizga oshdi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida 22,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 ming nafarga yoki 55,3 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, safar maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:
- sayohat — 19,9 ming nafar (taxminan 89,0 foiz);
- qarindoshlarni yo‘qlash — 2,3 ming nafar (taxminan 10,3 foiz);
- o‘qish — 24 nafar (taxminan 0,1 foiz);
- davolanish — 57 nafar (taxminan 0,3 foiz);
- xizmat yuzasidan — 73 nafar (taxminan 0,3 foiz).
Izoh: ayrim ko‘rsatkichlar ming nafarlarda yaxlitlangani sabab, taqsimot yig‘indisi umumiy sondan biroz farq qilishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:41
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
10:39 / 24.04.2026