Texnologiya | 20:33 / 14.12.2025
903
1 daqiqa o‘qiladi

Apple 2026 yilda mahsulotlari narxini oshirishi mumkin

Bunga xotira chiplari yetkazib beruvchi Samsung va SK hynix kompaniyalari bilan kelishuvlarning tugayotganligi sabab bo‘lmoqda.

Apple kompaniyasi xotira chiplari inqirozi fonida o‘z mahsulotlari narxini oshirishni rejalashtirmoqda.

Wccftech nashrining yozishicha, bunga xotira chiplari yetkazib beruvchi Samsung va SK hynix kompaniyalari bilan kelishuvlarning tugayotganligi sabab bo‘lmoqda.

Insayderlarning ma’lum qilishicha, Koreya kompaniyalari 2026 yil yanvardan o‘z mahsulotlari narxini sezilarli darajada oshirishni ko‘zlagan.

Ular HBM xotira chiplari o‘rniga DDR5 chiplarini ko‘proq ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu esa bozorda tanqislik va narxlar ko‘tarilishiga olib keladi.

Buning natijasida Apple 2026 yilda chiqishi kutilayotgan barcha mahsulotlari, jumladan, iPhone 18, iPhone Fold, MacBook Air, MacBook Pro kabi qurilmalari narxlarini oshiradi.

Mavzuga oid