O‘zbekiston | 20:18 / 19.12.2025
1572
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Hayma Vashington bilan O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi Disney vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva The Walt Disney Company vitse-prezidenti, «Emmi» mukofotining 7 karra sohibi Hayma Vashington bilan uchrashdi.

«Maqsadimiz — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish. Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlamoqchimiz. Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi. Shuningdek, O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi Disney vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirdik. Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan Cinema Park kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan Disneyland tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid