Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi belgilandi
Nizomga ko‘ra, notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
«Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga murojaat qiladi yoki YaIDXP (my.gov.uz) yoxud «E-notarius.uz» axborot portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Notarius murojaat qiluvchining shaxsiga aniqlik kiritadi.
Shartnomani tasdiqlashda notarius quyidagilarni aniqlaydi:
- taraflarning nikoh yoshiga yetganligini;
- taraflar o‘rtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
- taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
- ilgari shartnoma tuzilmaganligini.
To‘lovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi to‘liq tayyor bo‘lgandan so‘ng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Shartnomaning barcha nusxalarini taraflar familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydi.
Mavzuga oid
08:30
Notarial harakatlarni onlayn tasdiqlash tartibi rasman yo‘lga qo‘yildi
16:23 / 18.12.2025
Chekka hududlarda notarius topish osonlashadi: suhbat asosida tayinlash joriy etiladi
10:04 / 10.12.2025
Notariuslikka talabgorlar uchun maxsus o‘quv kurslari tartibi belgilandi
13:38 / 11.09.2025