Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda ombudsman nomiga 26 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi
O‘tgan yili ombudsman nomiga murojaatlar kelib tushishi 2024 yildagiga nisbatan 12,6 foizga ko‘paygan.
Foto: ombudsman.uz
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2025 yildagi faoliyati yuzasidan ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 26 372 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘paygan.
Ombudsman ko‘magida fuqarolar manfaatida 10,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishiga erishildi. Shundan 2,3 mlrd so‘m ish haqi va mehnat munosabatlariga oid to‘lovlar, 3,9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar esa fuqarolarga buzilgan uy-joyi uchun to‘lab berilgan kompensatsiyani tashkil etdi.
Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari a’zolari tomonidan qiynoqqa solish holatlarining oldini olish bo‘yicha 954 ta monitoring tashrifi amalga oshirildi. Monitoring tashriflari davomida mahkum va mahbuslar bilan 5 487 ta xoli tarzdagi suhbatlar hamda 11 mingdan ortiq shaxslar bilan jamoaviy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
13:53 / 17.12.2025
Ombudsman aralashuvi: mahkum va mahbuslarga tibbiy yordam tashkil etildi
21:27 / 30.11.2025
Inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan 33 nafar mas’ul xodim intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan – Ombudsman
12:17 / 26.03.2025
Piskentdagi koloniyada asossiz intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan mahkum Ombudsmanga shikoyat qildi. Uning tanasida lat yeyish alomatlari aniqlangan
20:36 / 18.03.2025