Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 29,1 mln so‘mni tashkil etdi
2025 yilda mamlakatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga o‘sgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich esa 29,1 mln so‘mni tashkil etgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda jami 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 6,8 foizga yuqori ekani qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 29,1 mln so‘mni tashkil etgan. Bu esa hududlarda ishlab chiqarish salohiyatining bosqichma-bosqich o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvar holatiga respublikada 59,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan.
Sanoat korxonalari sonining ortishi ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.