O‘zbekiston | 17:00
870
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samarqandda navbatdagi Milliy AI Hackathon g‘oliblari aniqlandi

Samarqand shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan Milliy AI Hackathon musobaqasining hududiy bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Unda mahalliy yoshlar tibbiyot, ta’lim, kiberxavfsizlik va noqonuniy moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha o‘z innovatsion yechimlarini taqdim etdi.

23 yanvar kuni Samarqandda Milliy AI Hackathonʼning mintaqaviy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda viloyatning yosh mutaxassislari tibbiyot, ta’lim, tadbirkorlik, kiberxavfsizlik, noqonuniy moddalar aylanmasiga qarshi kurashish kabi jamiyatning muhim sohalaridagi dolzarb muammolarni sun’iy intellekt yordamida hal qilishga qaratilgan loyihalari bilan ishtirok etdi. 

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda giyohvandlik vositalarining yashirin reklamasini aniqlash, talabalar uchun mentorlik platformalari, shuningdek, kasalliklarni tashxislashni avtomatlashtirish tizimlari hakamlar e’tiboriga havola etildi. 

Ishtirokchilar o‘z loyihalari ustida “Uzum” milliy raqamli ekotizimi va mamlakatning boshqa yetakchi IT-kompaniyalari mutaxassislaridan iborat mentorlar jamoasi ko‘magida ishladi. 

Bu jarayon yoshlarga tajribali ekspertlardan amaliy ko‘nikmalarni o‘rganish imkonini berdi. Hakamlar hay’ati jamoalarni texnik tayyorgarlik darajasi, loyihaning bozor talablariga mosligi va dolzarbligi bo‘yicha baholadi. Dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 25 ta eng yaxshi loyiha mintaqaviy finalda bellashdi.

● Ta’lim yo‘nalishida: “AI-club” jamoasi (Abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlashga ko‘maklashuvchi AI-mentor loyihasi); 
● Tadbirkorlik yo‘nalishida: “Yosh dasturchi” jamoasi (Tadbirkorlar uchun davlat imtiyozlari va qo‘llab-quvvatlash choralarini topib beruvchi AI-platforma); 
● Tibbiyot yo‘nalishida: “21” jamoasi (Xususiy klinikalar uchun onlayn ro‘yxatga olish, birlamchi diagnostika va bemor holatini doimiy tahlil qilish tizimi);
● Kiberxavfsizlik yo‘nalishida: “Unit coders” jamoasi (Fayl va xabarlarni oflayn rejimda tahlil qilib, kibertahdidlarni oldindan aniqlovchi himoya yechimi); 
● Noqonuniy moddalar aylanmasi nazorati: “Cyber team” jamoasi (Ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan moddalar savdosi va xavfli kontentni erta aniqlash loyihasi). 

Mazkur loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, IT Park Uzbekistan, AICA, ML Community hamda Uzinfocom hamkorligida amalga oshirilmoqda. Tadbirning bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.

Ma’lumot uchun, Milliy AI Hackathonʼning ilk bosqichi 2025 yil oktyabr oyida start olgan bo‘lib, 2026 yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarini qamrab olishi rejalashtirilgan. Katta final 2026 yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Reklama huquqi asosida