O‘zbekiston | 12:02
2695
1 daqiqa o‘qiladi

Benzin uchun oylik pul kompensatsiyasi miqdori oshirildi

Ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi sifatida to‘lanadigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori qayta ko‘rib chiqildi. Idoralararo tarif komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2026 yilning I choragidan boshlab kompensatsiya 208 760 so‘m etib belgilanadi.

Foto: Kun.uz / Ulug‘bek Ergashev

Qonunchilikka muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi oylik pul kompensatsiyasi shaklida to‘lab beriladi.

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining qarori bilan mazkur kompensatsiyaning yangi miqdori tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar 130 600 so‘m bo‘lib kelgan oylik kompensatsiya 2026 yil I choragidan boshlab 208 760 so‘mni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid