Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 fevral holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 18 513 tani tashkil etgan. Eng ko‘p korxona ochgan davlatlar orasida Xitoy, Rossiya va Turkiya yetakchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning 4 282 tasi qo‘shma korxona, 14 231 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.
Top-3 davlatlar: Xitoy — 5 218 ta, Rossiya — 3 190 ta, Turkiya — 2 149 ta korxona.
Shuningdek, Qozog‘iston (1 221 ta), Janubiy Koreya (699 ta), Afg‘oniston (647 ta), BAA (413 ta), Tojikiston (410 ta), Hindiston (394 ta) va Ozarboyjon (368 ta) ham yuqori o‘rinlarni egallagan.
Statistikaga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 1,9 barobarga oshgan. Xorijiy korxonalar ulushi esa 55,1 foizdan 76,9 foizgacha ko‘tarilgan.
Mutaxassislar fikricha, bu ko‘rsatkichlar mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilanib, xorijiy sarmoyadorlar faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
11:33
The Atlantic: Ukraina, ehtimol, Donbassni Rossiyaga berishga tayyor
09:33
Ukraina NATO diqqat markazida: 35 mlrd yordam va havo hujumidan mudofaa inqirozi
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
23:23 / 12.02.2026