Sog‘lom hayot | 20:01 / 28.02.2026
2670
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar miyani yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan himoya qiladigan moyni aytishdi

Tadqiqotlarga ko‘ra, bir marta tozalangan zaytun moyini muntazam iste’mol qilgan ishtirokchilarda xotira va fikrlash ko‘rsatkichlari yaxshiroq bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Rovira-i-Virgili universiteti olimlari tozalanmagan zaytun moyi ichak mikrobiotasiga ta’sir qilish orqali kognitiv salomatlikni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aniqladilar. Mualliflarning ta’kidlashicha, gap aynan rafinatsiya qilinmagan mahsulot haqida ketmoqda — u tozalangan moy navlariga nisbatan ancha foydali.

Tadqiqot davomida ortiqcha vazn hamda metabolik sindromga ega bo‘lgan 55–75 yoshli 656 nafar ishtirokchi o‘rganildi. Olimlar ikki yil davomida ularning ovqatlanish tartibini (jumladan, iste’mol qilingan zaytun moyi navini), ichak mikrobiotasi tarkibini va kognitiv funksiyalardagi o‘zgarishlarni kuzatib bordilar. Bir marta tozalangan zaytun moyini muntazam iste’mol qilgan ishtirokchilarda xotira va fikrlash ko‘rsatkichlari yaxshiroq bo‘lgan, shuningdek ichak bakteriyalari xilma-xilligi yuqoriroq ekani aniqlangan — bu metabolik va ichak salomatligining muhim belgisi hisoblanadi.

Moy navlari o‘rtasidagi asosiy farq ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq. Zaytun moyining birinchi tozalovi mexanik usulda, agressiv qayta ishlovsiz olinadi, shu bois unda polifenollar va boshqa biofaol birikmalar saqlanib qoladi. Rafinatsiya jarayonida esa bu moddalarning aksariyat qismi parchalanib ketadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ratsiondagi moylar sifati ularning miqdoridan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega, ayniqsa miya qarishi jarayonida bu juda muhim bo‘lishi mumkin.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish