Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ijrochisi bekor qilishi mumkin bo‘ladi
Davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi.
Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish taklifiga rozilik bersa, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.
Davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi.
Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:42 / 30.04.2024
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilishi mumkin - Kadastr agentligi
15:04 / 24.02.2024
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga “amnistiya” qonuni. Eng muhim qoidalar qanday bo‘ladi?
20:20 / 22.02.2024