Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Olmaliq KMK» AJ faoliyati Sustainable Fitch reytingida yanada yuqoriladi
2026 yil 24 fevral kuni – Xalqaro Sustainable Fitch agentligi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barqaror rivojlanish reytingini (Entity Rating) «3» darajasida tasdiqladi va kompaniyaning umumiy baholanish mezonini (entity score) 56 balldan 59 ballga oshirdi.
Ushbu ijobiy o‘zgarish kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasini izchil takomillashtirish, ijtimoiy, boshqaruv va ekologiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erishish, shuningdek, kon-metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan atrof-muhit muhofazasi muammolarini muvaffaqiyatli bartaraf etishini aks ettiradi.
"Sustainable Fitch" ekspertlariga ko‘ra, OKMK korporativ boshqaruvining kuchli tomonlari, xatarlarni boshqarishning samarali tizimi, soliq majburiyatlarining vijdonan bajarilishi, shuningdek, kadrlar qo‘nimsizligining past darajasi alohida ta’kidlandi.
Reytingning oshishi, hattoki tarmoqning murakkab o‘ziga xosliklariga qaramay, kompaniya tomonidan ESG (ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarining yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 30.10.2024
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” yillik eksport rejasini bajardi
16:43 / 23.11.2021
OKMK tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etadi!
16:00 / 25.10.2021
“Olmaliq KMK” qurilish korxonalari va tashkilotlariga sifatli sement mahsulotlarini taklif etadi
15:30 / 01.10.2021