Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston avtomobil bozori: elektromobillarga talab oshib boryapti
O‘zbekiston bozorida yillik hisobda elektromobillar savdosi 1,5 barobarga oshdi. Xususan, fevral oyida savdo hajmi 6,9 ming donani tashkil etib, yanvarga nisbatan 14 foizlik o‘sish qayd etilgan. Hududlar kesimida elektromobillarning asosiy qismi Toshkent shahrida sotilyapti. Har 100 ta mashinaning 65 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda fevral oyi yakunlariga ko‘ra barcha turdagi avtotransport vositalari savdosining umumiy hajmi 84,2 ming donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,4 foizga oshgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Avtomobil bozoridagi faollik yanvar oyiga nisbatan ham ijobiy dinamikani namoyon etgan: savdo hajmi 2 foiz yoki 1,6 ming donaga o‘sgan.
Eng katta ko‘tarilish Samarqand viloyatida kuzatilib, bu yerda savdo hajmi 65 foizga oshgan. Shuningdek, faollik Sirdaryo (+7,2 foiz) va Toshkent viloyatida (+12 foiz) ham keskin o‘sgan.
Yangi avtomobillar segmenti
2026 yil fevral oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi taxminan 24 ming donani tashkil etib, joriy yilning yanvar oyi darajasiga mos kelgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdo hajmi 10,7 foizga oshgan.
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida esa yanada yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan. Savdo hajmi o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 1,5 barobarga oshib, taxminan 3 ming donani tashkil etadi.
Elektromobillar segmenti
Yengil elektromobillar segmentida faollik barqaror o‘sishni davom ettirmoqda. Fevral oyida savdo hajmi 6,9 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 14 foizga ko‘p.
Yillik hisobda elektromobillar savdosi 1,5 barobarga oshdi. Bu esa ushbu bozor segmentining izchil kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Hududiy taqsimot shuni ko‘rsatadiki, elektromobillar savdosining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Fevral oyida poytaxtda taxminan 4,5 mingta elektromobil sotilgan bo‘lib, bu ushbu segmentdagi umumiy savdo hajmining qariyb 65 foizini tashkil etadi.
Mavzuga oid
07:49 / 09.03.2026
Infografika: Xitoy elektromobillarini eng ko‘p kim sotib olyapti?
14:12 / 07.03.2026
Toshkentda yuzdan ortiq quvvat-stansiya tarmoqdan uzildi. Muammo nimada?
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
12:23 / 03.03.2026