Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo hududi qisman yopildi: Toshkent–Dubay reyslari ortga qaytmoqda
Birlashgan Arab Amirliklari havo hududining qisman yopilishi munosabati bilan Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan ayrim aviareyslar jo‘nash aeroportiga qaytmoqda. Bu haqda aviakompaniyalar va aeroport xizmatlari ma’lum qildi.
Foto: Uzbekistan Airports
Xususan, Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha C6-351 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytishga qaror qilgan. Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-333 reysi ham xavfsizlik va parvozlarni muvofiqlashtirish talablari asosida jo‘nab ketish aeroportiga qaytmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qarorlar parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. BAA havo hududidagi cheklovlar vaqtinchalik bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Ayni paytda aviakompaniyalar vaziyatni kuzatib bormoqda va reyslar jadvali bo‘yicha keyingi qarorlar havo harakatini boshqaruvchi xizmatlar hamda aeroportlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Yo‘lovchilarga esa aviakompaniyalarning rasmiy axborot manbalari orqali yangilangan ma’lumotlarni kuzatib borish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
09:56
Dubay aeroportida dron hujumi sababli parvozlar to‘xtatildi
15:51 / 07.03.2026
Dubay aeroporti yaqinida dron quladi. Aeroport endigina ochilayotgan edi
10:01 / 07.03.2026
Dubaydan Toshkentga aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda
11:33 / 04.03.2026