O‘zbekiston | 09:45
4012
1 daqiqa o‘qiladi

Metan zapravkalar soat 10:00 dan ochiladi

Energetika vazirligining bu safargi xabarida zapravkalar ish vaqtiga cheklovlar ko‘rsatilmagan. Shu bilan birga, Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshirilishi qayd etilgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 17 mart kuni «metan zapravkalar» soat 10:00 dan faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Vazirlik bu safargi xabarida zapravkalarning ish vaqti cheklangani haqida ma’lumot bermadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid