O‘zbekiston | 15:00
6194
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Oson Ijara - O‘zbekistondagi birinchi ijara uyi

Toshkentda yangi turar joy formati taqdim etildi - Oson Ijara loyihasi. Bu O‘zbekistonda uzoq muddatli va qulay yashash uchun maxsus yaratilgan birinchi ijara uyi hisoblanadi. Mazkur loyiha mamlakat uy-joy bozorining rivojlanishida innovatsion qadam bo‘lib, ijarachilar uchun mutlaqo yangi imkoniyatlarni ochadi.

Foto: Oson Ijara

Ijara to‘g‘ridan to‘g‘ri quruvchidan

Oson Ijara loyihasining asosiy farqi shundaki, turar joylar to‘g‘ridan to‘g‘ri quruvchi tomonidan taklif etiladi. Bunday yondashuv qator muhim afzalliklarni ta’minlaydi:

● vositachilar va riyeltor komissiyalarining yo‘qligi;

● yashirin to‘lovlarsiz aniq va tushunarli ijara shartlari;

● yashash barqarorligi va huquqiy himoyani kafolatlaydigan rasmiy shartnoma tuzilishi.

Shu tariqa, aholi ijaraning to‘liq qonunli va himoyalangan ekaniga ishonch hosil qilib, xotirjam yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Turli formatdagi xonadonlar

Oson Ijara loyihasida turli formatdagi xonadonlar taklif etiladi: studiyalar, bir xonali va ikki xonali xonadonlar. Maydoni 22 m² dan 48 m² gacha bo‘lib, bu bir kishiga ham, oilaga ham mos variantni tanlash imkonini beradi.

To‘liq jihozlangan xonadonlar

Barcha xonadonlar yashash uchun to‘liq tayyor. Ularda zamonaviy ta’mir, sifatli mebel, oshxona garnituri, maishiy texnika, konditsioner, hammom hamda barcha zarur kommunikatsiyalar mavjud. Yangi ijarachilar qo‘shimcha xarajat va vaqt sarflamasdan darhol ko‘chib kirishi mumkin.

Infratuzilma va xizmatlar

Loyiha nafaqat xonadonlar, balki qulay yashash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar majmuasini ham taklif etadi. Uy hududi yopiq va 24/7 qo‘riqlash hamda videokuzatuv tizimi bilan ta’minlangan. Aholi uchun avtoturargoh joylarini ijaraga olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, tozalash xizmati va kundalik hayotni yengillashtiruvchi boshqa servislar ham taqdim etiladi.

Transport qulayligi

Aholi uchun eng yaqin metro stansiyasigacha bepul shuttle-bus tashkil etilgan. Bu shahar bo‘ylab tez va qulay harakatlanish imkonini beradi hamda vaqtini qadrlaydiganlar uchun ayniqsa muhim.

Ijara uchun qulay shartlar

Oson Ijara loyihasida ijara narxi oyiga 3 500 000 so‘mdan boshlanadi. Bu summa evaziga ijarachilar oddiy xonadon emas, balki to‘liq jihozlangan, xavfsiz va servis darajasi yuqori bo‘lgan turar joyga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda ijara bozorining yangi formati

Oson Ijara — bu shunchaki ijara uyi emas. Bu uy-joy bozorida sifat, qulaylik va shaffoflikning yangi darajasi. Loyiha Yevropa tajribasini va zamonaviy standartlarni birlashtirib, aholi uchun mutlaqo yangi yashash formati taqdim etadi.

Manzil: Toshkent viloyati Toshkent tumani Yunusobod MFG Avliyo Ota Soylik ko‘chasi 30-uy

Sayt | Instagram

Telefon: +998 71 210 66 66

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish