O‘zbekiston | 17:00
1197
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

payme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda

Strategik hamkorlik doirasida UZCARD va payme Tez QR texnologiyasi orqali to‘lovni ishga tushirmoqda. Loyiha O‘zbekiston chakana savdosida naqdsiz va raqamli hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan.

Foto: Payme

Integratsiya payme’ning 15 milliondan ortiq foydalanuvchilariga butun mamlakat bo‘ylab 110 mingdan ortiq savdo nuqtalarida — Tez QR ishlaydigan barcha joylarda — xaridlar uchun smartfon orqali to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etdi.

Tez QR orqali to‘lov ishga tushirilishi munosabati bilan payme aksiya e’lon qiladi: payme ilovasida Tez QR orqali amalga oshirilgan har bir to‘lov uchun chek summasidan 3% keshbek hisoblanadi. To‘plangan keshbekdan payme plus obunasi faol bo‘lganda foydalanish mumkin. Aksiya batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Tez QR qanday ishlaydi

Tez QR — bu to‘lov vaqtida kassa terminalida shakllantiriladigan bir martalik QR-kod.

To‘lovni amalga oshirish uchun sotuvchiga xaridni karta orqali to‘lamoqchi ekaningizni aytish, payme ilovasini ochish, terminaldagi QR-kodni skanerlash va to‘lovni tasdiqlash kifoya. Xarid summasi kodga kiritilgan bo‘lib, shuning uchun uni qo‘lda kiritish talab etilmaydi. Bunda jismoniy karta talab qilinmaydi.

Xarid uchun to‘lovni:

• UZCARD kartasidan;

• Humo kartasidan;

• elektron hamyondan;

• ilovaga ulangan boshqa turdagi bank kartasidan amalga oshirish mumkin.

payme plus obunasi faol bo‘lganda qo‘shimcha imkoniyatlar ham mavjud: mablag‘ yechib olish usulini tanlash, “Keyinroq to‘lash” xizmati hamda to‘plangan keshbek orqali to‘lov qilish.

Operatsiya xavfsizligi shundan iboratki, karta ma’lumotlari va PIN-kod sotuvchiga berilmaydi — to‘lovni tasdiqlash bevosita ilova ichida amalga oshiriladi.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid