O‘zbekiston | 20:00 / 28.03.2026
1568
2 daqiqa o‘qiladi

Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi

2026 yil 1 iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027 yil 1 martdan respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, jazoni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga qaratilgan “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida 2026 yil 1 iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027 yil 1 martdan respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

o‘quv kurslari 8–12 oylik intensiv o‘quv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;

o‘quv kurslariga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlarni sodir etgan jazoni o‘tayotgan yoshlar jalb qilinadi;

o‘quv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) o‘rganish bo‘yicha yagona intensiv dasturlar asosida ham o‘qitiladi;

o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha tegishli dasturlarni o‘zlashtirgan jazoni o‘tayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid