Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
Iroq milliy jamoasi qit’alararo pley-offda Boliviyani mag‘lub etib, JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi to‘liq aniq bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Toshkent vaqti bilan 1 aprel kuni Meksikada Iroq va Boliviya milliy jamoalari qit’alararo pley-off finalida jahon chempionatiga oxirgi yo‘llanma uchun maydonga tushishdi. O‘yin Osiyo jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
JCh-2026 — Qit’alararo pley-off. Final
Iroq — Boliviya — 2:1
Gollar: Ali al-Hamadiy 10 (1:0), Moyzes Paniagua 38 (1:1), Ayman Hussayn 53 (2:1)
O‘yinning 10-daqiqasida Ali Al-Hamadi hisobni ochdi. Tanaffusga yetti daqiqa qolganida Moyses Paniaguaning sa’y-harakatlari bilan boliviyaliklar hisobni tenglashtirishdi. 53-daqiqada esa Ayman Hussayn yana Osiyo jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan vaqt davomida janubiy amerikaliklar to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lishsa-da, hisobni tenglashtira olishmadi va jahon chempionatidan qolib ketishdi.
Iroq esa Osiyoning jahon chempionatiga yo‘llanma olgan to‘qqizinchi vakili bo‘ldi. Bungacha qit’adan Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, O‘zbekiston, Iordaniya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni va BAA yo‘llanmani kafolatlagan edi.
Endi iroqliklar milliy jamoasi mundialda Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan bir guruhdan joy oladi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi.
Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi aniq bo‘ldi:

Mavzuga oid
18:47 / 26.03.2026
Futbolchilarning jismoniy holatidan xavotirdaman – Fabio Kannavaro
20:21 / 21.03.2026
FIFA Nigeriya e’tirozini rad etdi – Kongo DR O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olish uchun kurashadi
16:55 / 21.03.2026
FIFA kunlari uchun O‘zbekiston milliy jamoasining tarkibi e’lon qilindi
22:13 / 17.03.2026