Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda IT biznes ochgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
O‘zbekistonda axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar soni 1 242 taga yetdi. Eng ko‘p kompaniyalar Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: Shutterstock
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 mart holatiga respublikada axborot va aloqa sohasida 1 242 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyaga tegishli bo‘lib, 457 ta korxona qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (113 ta), Belarus (63 ta) va AQSh (58 ta) joylashgan.
Shuningdek, Turkiyadan 51 ta, Xitoydan 40 ta, Birlashgan Arab Amirliklaridan 32 ta, Yaponiyadan 30 ta, Tojikistondan 29 ta va Janubiy Koreyadan 28 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Qolgan 341 ta xorijiy korxona boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
20:03 / 25.03.2026
Enterprise Uzbekistan uchun maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi
13:08 / 23.03.2026
O‘zbekiston Hindiston bilan biznes aloqalarni faollashtirishga kirishdi
14:44 / 16.03.2026