Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng og‘ir yuk tashuvchi dron sinovdan o‘tkazildi
Xitoy «Chan’in-8» (CY-8) deb nomlangan yuk droni sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazib, og‘ir yuk tashuvchi uchuvchisiz aviatsiya taraqqiyotida yangi qadamni qo‘ydi. Ishlab chiqaruvchilar uni dunyodagi eng og‘ir yuk droni deb e’tirof etmoqda.
Foto: CCTV
Ilk sinov parvozi Chjenchjou shahrida bo‘lib o‘tdi. Dron qariyb 30 daqiqa davomida havoda bo‘ldi.
CY-8’ning asosiy xususiyati uning o‘lchamlari va yuk ko‘tarish imkoniyatlaridir. Qurilmaning maksimal parvoz og‘irligi 7 tonnaga yetadi. Dron 3,5 tonna vaznga ega bo‘lib, shuncha miqdordagi yukni ko‘tara oladi. Uning fyuzelyaji uzunligi 17 metr, qanotlari esa 25 metrga teng. Parvoz masofasi esa 3000 kilometrdan ortiq.
Dron ikkita turbovintli dvigatel bilan jihozlangan. Beijing Northern Changying UAV Technology kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Tsay Xansinning ta’kidlashicha, ushbu yuk droni tashqi muhitga yaxshi moslashadi.
CCTV ma’lumotiga ko‘ra, drondan favqulodda aloqa bilan ta’minlash, ob-havoga ta’sir ko‘rsatish hamda elektron razvedka olib borish, logistika, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va yetib borish qiyin hududlarga yuk yetkazish kabi vazifalarni bajarishda foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
11:01 / 04.04.2026
AI va bolalar: Xitoy xavfli texnologiyalarga chek qo‘ymoqda
07:35 / 04.04.2026
Reyting: Xitoy so‘nggi 20 yilda eng ko‘p qayerga sarmoya kiritdi?
18:28 / 01.04.2026