O‘zbekiston | 11:00
3505
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda yangi JETOUR T1 va SOUEAST S06 krossoverlari taqdim etildi

JETOUR SOUEAST Automotive Central Asia kompaniyasi Toshkent shahrida yangi JETOUR T1 va SOUEAST S06 krossoverlarini taqdim etdi. Ushbu modellar benzinli va gibrid versiyalarda sotuvga chiqarildi. Shuningdek, kompaniya dilerlik tarmog‘ini kengaytirish va modellar qatorini boyitishni rejalashtirmoqda.

Foto: JETOUR

1 aprel kuni Humo Arena’da JETOUR T1 va SOUEAST S06 krossoverlarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida kompaniya vakillari O‘zbekiston bozoridagi rivojlanish strategiyasini ham taqdim etib, dilerlik tarmog‘ini kengaytirish, servis infratuzilmasini kuchaytirish va uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etish rejalarini ma’lum qildi.

“Mahsulot strategiyamiz mijozlar turmush tarzining o‘zgarishini chuqur tahlil qilishga asoslangan. Bugungi kunda sayohat va faol hordiq uchun mo‘ljallangan avtomobillarga, shuningdek, shahar uchun texnologik yechimlarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Shu bois JETOUR Travel+ yo‘nalishini rivojlantirmoqda, SOUEAST esa zamonaviy shahar mobilligiga alohida urg‘u bermoqda”, dedi JETOUR & SOUEAST International vitse-prezidenti Brayan Vang.
“Biz O‘zbekistonda brendimiz kelajagini ishonch bilan shakllantirmoqdamiz. 2026 yil yakuniga qadar dilerlik tarmog‘imizni 40 dan ortiq shourum va 30 dan ziyod servis stansiyalarigacha kengaytirishni, shu orqali yagona yuqori standartdagi savdo va xizmat ko‘rsatishni ta’minlashni rejalashtirganmiz”, dedi dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Vladimir Rakityanskiy.

JETOUR T1 — yuqori o‘tkazuvchanlikka ega, sayohatlar va faol hayot tarzi uchun mo‘ljallangan universal krossoverdir. Avtomobil 4705×1967×1843 mm o‘lchamlarga, 2800 mm g‘ildirak bazasiga va 190 mm klirensga ega. U 2,0 litrli turbodvigatel (254 ot kuch, 390 Nm) bilan jihozlangan bo‘lib, 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi, to‘liq privod va yettita harakat rejimi bilan ishlaydi. Shuningdek, 1,5 litrli turbodvigatel (156 ot kuch, 215 Nm), elektromotor (204 ot kuch, 310 Nm) va 26,7 kVt·soat akkumulyatordan iborat gibrid versiyasi ham taklif etilmoqda.

SOUEAST S06 shahar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dinamik dizayn va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtiradi. Model 4616×1910×1690 mm o‘lchamlarga va 2720 mm g‘ildirak bazasiga ega. U 1.5T (156 ot kuch, 230 Nm) va 1.6TGDI (197 ot kuch, 290 Nm) turbodvigatellari bilan, robotlashtirilgan uzatmalar qutisi va old privod bilan jihozlangan. Gibrid versiyasi 360 ot kuch va 530 Nm aylanma momentni ta’minlaydi, 19,43 kVt·soat akkumulyatorga ega bo‘lib, 1100 km gacha yurish zaxirasini taqdim etadi.

Har ikki model quyidagi zamonaviy opsiyalar bilan jihozlangan:

●  raqamli priborlar paneli

●  15,6 dyuymli multimedia ekrani (Apple CarPlay va Android Auto’ni simsiz qo‘llab-quvvatlaydi)

●  ovozli boshqaruv

●  50 Vt simsiz quvvatlash

●  ikki hududli iqlim nazorati

●  panoramali lyuk

●  interer atmosfera yoritgichlari

●  o‘rindiqlarni isitish va ventilyatsiya

●  elektr sozlanadigan o‘rindiqlar

●  kalitsiz ishga tushirish

●  bagajnik eshigining elektr yuritmasi

●  kengaytirilgan qishki paket

●  premial Sony audiotizimi

Xavfsizlik tizimlari qatoriga 540° atrofni ko‘rish kamerasi, adaptiv kruiz-nazorat, ko‘rinmas hududlar monitoringi, intellektual haydovchi yordamchilari, jumladan, yo‘l chizig‘ida ushlab turish, qiyalikda harakatni boshlash va tushish yordamchilari, avtomatik favqulodda tormozlash va boshqa yordamchi tizimlar kiradi.

“2025 yil yakunlariga ko‘ra, 3000 dan ortiq avtomobil sotdik va import brendlar orasida yetakchi o‘rinni egalladik. Biz bozordagi pozitsiyamizni yanada mustahkamlab, modellar qatorini kengaytirish orqali savdo hajmini sezilarli oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi bosh direktor o‘rinbosari Ziyoviddin Parpiyev.

 

 

Shuningdek, ehtiyot qismlar ta’minotini yaxshilash va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish maqsadida servis markazlari tarmog‘i kengaytirilmoqda va ombor infratuzilmasi rivojlantirilmoqda. Kafolat muddati modelga qarab 5–6 yil yoki 200 ming km ni tashkil etadi.

“Biz faqat distributsiya bilan cheklanib qolmay, mahalliy hamkorlar bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz”, dedi ishlab chiqarish va rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Abbos Haydarov.

26 yilda savdo hajmi 7200 dona avtomobilga yetishi kutilmoqda. Kompaniya yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar yo‘nalishini faol rivojlantirmoqda. Yil yakuniga qadar yana bir nechta yangi modellar taqdim etiladi.

Barcha JETOUR va SOUEAST avtomobillarini kreditga xarid qilish mumkin. Shuningdek, yangi krossoverlar uchun foizsiz bo‘lib to‘lash shartlari ham mavjud.

 

 
“Biz OFB, Apex Bank, Ipoteka-bank va Asia Alliance Bank bilan hamkorlik qilamiz va mijozlar uchun yanada qulay moliyaviy yechimlar taklif etishni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi Ziyoviddin Parpiyev.

Yil oxiriga qadar JETOUR T2 DM-i, SOUEAST S08 DM-i va flagman JETOUR G700 modellari bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. 2027 yilda esa gibrid va elektromobillar hisobiga modellar qatori yanada kengayadi.

Telefonlar:

JETOUR — (+998) 78−120−00−11

SOUEAST — (+998) 78−120−00−77

Saytlar: jetourmotor.uz, soueast.uz

Instagram:

JETOUR — @jetourauto_uz, @jetourclubuz

SOUEAST — @soueast_uzbekistan, @soueast_club_uz

 Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid