O‘zbekiston | 09:00 / 16.04.2026
8343
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Gollivud aktyori Toshkentdagi yangi developerlik loyihasi ambassadoriga aylandi

TENET butik-developeri yaqin kunlarda ko‘chmas mulk bozorida allaqachon katta qiziqish uyg‘otayotgan, maydoni 37 gektarga teng bo‘lgan keng ko‘lamli loyiha - Sheron Residence majmuasini taqdim etadi.

Foto: Greg Williams

Sheron Residence — me’morchilik va madaniy meros uyg‘un hamda puxta o‘ylangan muhitni shakllantiruvchi, yashash uchun mo‘ljallangan maskan sifatida yaratilgan. Loyiha konsepsiyasi zamirida — sohibqiron Amir Temur davriga ehtirom, shuningdek tarixiy bog‘lar an’anasini zamonaviy uslubda qayta talqin etish g‘oyasi yotadi. Mazkur yondashuv uyg‘unlik, mutanosiblik va tabiat bilan hamohanglik muhim bo‘lgan Italiya villalarining nafosati bilan mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan.

Loyihaning markazi — maydoni 5 gektarga teng so‘lim bog‘ bo‘lib, u majmuaning butun tuzilmasini birlashtiruvchi yashil o‘zak vazifasini bajaradi. U nafaqat dam olish hududi, balki bo‘lajak aholining kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanadi.

Ambassador tanlovi loyihaga qo‘shimcha qiziqish uyg‘otmoqda. Dunyoga mashhur aktyor Mads Mikkelsen — Sheron Residence’ning rasmiy qiyofasiga aylandi. Bu Gollivud yulduzining Markaziy Osiyodagi developerlik loyihasining ambassadoriga aylangan ilk holatdir.

Loyihaning ishga tushirilishi doirasida Mads Mikkelsen shaxsan Toshkentga tashrif buyuradi va Sheron Residence’ning yopiq taqdimotida ishtirok etadi. Ushbu tadbir mavsumning eng yorqin dunyoviy voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Italiyaning afsonaviy Ricchi e Poveri guruhi hamda Rim papasi Fransisk tomonidan “farishtalarga xos ovoz sohibi” deya e’tirof etilgan opera xonandasi Karli Paoli o‘z chiqishlari bilan kecha dasturiga alohida joziba bag‘ishlaydi.

Sheron Residence — o‘tmish va zamonaviylik yagona me’moriy hamda madaniy makonda birlashgan “tarixiy meros hududi” sifatida yaratilmoqda. Loyiha nafaqat qulaylik, balki estetik go‘zallik, yuksak did va hudud qadr-qimmati mujassam bo‘lgan yangi turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan.

Sheron Residence majmuasi Yangi Toshkent taraqqiyotining muhim nuqtalaridan biriga aylanishi, shuningdek nafaqat mahalliy, balki xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilishi kutilmoqda.

Shourum: Shahrisabz tor ko‘chasi, 2-uy

Telefon: +998 55 550 00 00

Veb-sayt: www.tenet.uz

Instagram: @sheron.residence | @tenet.uz

 Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid