Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning mamlakati yaqin o‘n yil ichida AQSh harbiy yordamidan voz kechishiga umid qilayotganini aytdi.
Binyamin Netanyahu / Foto: CBS NEWS
«Men Amerika moliyaviy ko‘magini, ya’ni o‘rtamizdagi harbiy hamkorlikning moliyaviy tarkibiy qismini nolga tushirishni istayman», dedi Netanyahu CBS NEWS telekanalining «60 Minutes» dasturiga bergan intervyusida.
Netanyahuning aytishicha, Isroil AQShdan yiliga qariyb 3,8 milliard dollar miqdorida harbiy yordam oladi. AQSh 2018 yildan 2028 yilgacha bo‘lgan davrda – Isroilga jami 38 milliard dollar harbiy yordam ko‘rsatishga rozi bo‘lgan.
Israeli Prime Minister Benjamin Netanyahu tells 60 Minutes he wans Israel to eventually stop relying on U.S. military aid: “It's time that we weaned ourselves from the remaining military support.” https://t.co/mEN4CWeXMW pic.twitter.com/LIwJKrfMOQ
— 60 Minutes (@60Minutes) May 10, 2026
Biroq «hozir AQSh–Isroil moliyaviy munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun «mutlaqo» to‘g‘ri vaqt», deydi Netanyahu. «Men keyingi Kongressni kutishni istamayman. Men hoziroq boshlamoqchiman».
Isroil uzoq vaqtdan beri AQSh Kongressida harbiy yordam bo‘yicha har ikki partiya Respublikachilar tomonidan ham, Demokratlar tomonidan ham yakdil qo‘llovga ega edi. Biroq 2023 yil G‘azoda boshlangan genotsid urushidan keyin AQSh qonun chiqaruvchilari va jamoatchilik tomonidan Isroilni qo‘llab-quvvatlash darajasi zaiflashgan.
Joriy yil mart oyida o‘tkazilgan Pew tadqiqotiga ko‘ra, AQShdagi voyaga yetgan aholining 60 foizi Isroil haqida salbiy fikrda. 59 foizi esa Netanyahuning xalqaro ishlar bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilishiga juda kam ishonadi yoki umuman ishonmaydi. Ikkala ko‘rsatkich ham bir yil oldingiga nisbatan yetti foizga oshgan.
Netanyahuning aytishicha, AQShda Isroilni qo‘llab-quvvatlashning yomonlashishi «ijtimoiy tarmoqlarning geometrik o‘sishi bilan deyarli 100 foiz bog‘liqdir».
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qancha mamlakatlar (ularning nomi oshkor qilinmadi) ijtimoiy tarmoqlarni «asosan manipulyatsiya qilgan» va bu «Isroilga qattiq zarar yetkazgan».
Eron masalasi
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshlaganidan beri Netanyahuning ittifoqchisi prezident Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash darajasi ham pasaygan.
Urush benzin narxining oshishiga olib keldi. Bu esa mart oyida AQShdagi yillik inflatsiyani 2023 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Yoqilg‘i narxi oshishining muhim omili Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatni to‘sib qo‘ygani bo‘ldi.
Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, faqat urush boshlanganidan keyingina isroillik strateglar Eronning bo‘g‘ozni yopish qobiliyatini anglab yetgan: «Bu xavf qanchalik katta ekanini tushunish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi, endi esa buni tushunishmoqda», dedi u.
“If this [Iranian] regime is indeed weakened or possibly toppled, I think it's the end of Hezbollah, it's the end of Hamas, it's probably the end of the Houthis,” says Israeli Prime Minister Netanyahu. He says it's possible to topple the Iranian regime, but it's not guaranteed.… pic.twitter.com/sIT3jWFMKg
— 60 Minutes (@60Minutes) May 10, 2026
Netanyahu intervyuda Isroilning Erondagi harbiy rejalari yoki vaqt jadvalini muhokama qilishdan bosh tortdi. Ammo Eron rahbariyati o‘zgargan taqdirdagi ehtimoliy oqibatlarga to‘xtaldi.
«Agar bu rejim haqiqatan ham zaiflashsa yoki ag‘darilsa, o‘ylaymanki, bu «Hizbulloh»ning tugashi, Hamasning tugashi va ehtimol husiylarning ham tugashidir. Chunki Eron tomonidan qurilgan proksi-tarmoqning butun poydevori qulab tushadi», dedi Netanyahu.
Eron rejimini ag‘darish mumkinmi, degan savolga esa Netanyahu «bu mumkinligini, lekin kafolatlanmagani»ni aytdi.
Mavzuga oid
18:21
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
12:56
«Mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi» - Tramp Eronning tinchlik taklifini rad qildi
08:17
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
23:48 / 10.05.2026