Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita xususiy bandlik agentligining faoliyati tugatildi
Ikkita xususiy bandlik agentligining faoliyati o‘z arizalariga muvofiq tugatildi, deb xabar berdi Migratsiya agentligi.
Xabarga ko‘ra, “Workmall xususiy bandlik agentligi"ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun berilgan litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026 yil 10 maydagi arizasiga asosan tugatildi.
Shuningdek, “Etos xususiy bandlik agentligi"ning litsenziyasi ham ushbu agentlikning 2026 yil 20 maydagi arizasiga asosan tugatildi.
Qayd etilishicha, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ularga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
Fuqarolardan mazkur agentliklar bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlar bo‘lsa, joriy yil 20 iyunga qadar Migratsiya agentligiga murojaat qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
14:57 / 12.09.2025
Qozonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
14:23 / 05.09.2025
Irkutskda qiyin ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
13:59 / 28.08.2025
Rossiyada mushkul vaziyatda qolgan to‘rt ayol va ularning bolalari O‘zbekistonga olib kelindi
21:29 / 26.08.2025