O‘zbekiston | 11:59
720
3 daqiqa o‘qiladi

Ipak Yuli Banki‘ning Yagona QR-kodi: biznes uchun qulay to‘lov

1 iyuldan boshlab barcha savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari Yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilishlari shart bo‘ladi. QR-kodsiz ishlash savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi. Shuning uchun bizneslar tizimga oldindan ulanib, jarimalar va muammolarning oldini olish muhim.

Yagona QR-kod nima uchun kerak?

Yagona QR-kod — bu barcha to‘lovlar uchun bitta QR-kod. Undan foydalanish uchun plastik karta yoki terminal kerak emas. Xaridor istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali kodni skaner qiladi.

Bu usul ko‘p mijozli bizneslar uchun qulay, masalan, do‘konlar, kafelar yoki yetkazib berish xizmatlari uchun.

Ipak Yuli Bankʼning Yagona QR-kodi

Ipak Yuli Bank mijozlariga Yagona QR-kodni birinchilardan bo‘lib qulay shartlarda taqdim etdi:

• Komissiya — 0,65%

• To‘lovlarni qabul qilish: istalgan bank va to‘lov ilovalari orqali

• Humo, Uzcard kartalaridan to‘lovlar

• Mablag‘lar 1 ish kuni ichida o‘tkaziladi

• Bepul ulanish

• Oylik ijara to‘lovlari yo‘q

Bundan tashqari, barcha QR to‘lovlarni bank Telegram-boti orqali istalgan vaqtda kuzatish mumkin. Daromad va xarajatlar statistikasi esa Ipak Yuli Business ilovasida mavjud.

Bir necha qadamda ulanish:

Agar sizda Ipak Yuli Bankʼda hisobraqami bo‘lmasa:

• Eng yaqin bank filialiga murojaat qiling;

• Menejyer hisobraqamini ochishda yordam beradi (1 kungacha);

• Yagona QR-kodga ulanish uchun ariza to‘ldiring;

• QR-kodni darhol oling va to‘lovlarni qabul qilishni boshlang.

Agar sizda Ipak Yuli Bankʼda hisobraqami bo‘lsa:

Menejyeringizga murojaat qiling yoki filialda ariza qoldiring — ulanish bir necha daqiqada amalga oshadi.

Bitta QR-kod bilan to‘lov qabul qiling — tez, qulay va oson.

Shartlar va ulanish jarayoni haqida batafsil ma’lumot.

 
Мунира Тошниёзова
Tayyorlagan Мунира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish