O‘zbekiston | 16:00
509
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

MANAR Development “Build Connect 2026” anjumanida ishtirok etdi

MANAR Development kompaniyasi O‘zbekiston quruvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan va sohaning 500 dan ortiq vakillari – developerlar, pudratchilar, ta’minotchilar, bank sektori hamda davlat tuzilmalari vakillarini birlashtirgan “Build Connect 2026” biznes-forumida qatnashdi.

Foto: MANAR Development

Tadbirda MANAR Development nomidan tijorat direktori Botir Abdurahmonov va loyihalar direktori Yusuf Yunusov “Developer qayerda pul yo‘qotadi: yer uchastkasidan tortib strategiyagacha” mavzusida ma’ruza qildi.

“Developmentdagi eng qimmat xatolarga qurilishda emas, balki uni boshlashdan ancha avval – yer uchastkasini tanlash, konsepsiya ishlab chiqish, rejalashtirish va asosiy strategik qarorlarni qabul qilish bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Bugungi kunda loyiha muvaffaqiyati nafaqat qurilish sifati, balki developerning bozorni qay darajada to‘g‘ri tushunishi, xatarlarni boshqara olishi va obektning butun hayotiy siklini nazorat qila bilishi bilan belgilanadi”, – deya ta’kidladi MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov.

Spikerlar developmentdagi moliyaviy yo‘qotishlarning asosiy sabablarini – yer uchastkasini tanlash va loyihalashdagi xatoliklardan tortib, sotuv va strategiyadagi yanglish hisob-kitoblargacha tahlil qilib berdilar. Shuningdek, tizimli yondashuv har bir bosqich samaradorligini va loyihani amalga oshirishning, jumladan, moliyaviy samaradorligini oshirishga qanday imkon berishiga alohida e’tibor qaratildi.

Build Connect 2026 — qurilish sohasidagi asosiy muammolarni muhokama qilish, amaliy tajriba almashish va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar izlashga mo‘ljallangan mamlakatning yetakchi biznes platformasidir.

Reklama huquqi asosida

Мунира Тошниёзова
Tayyorlagan Мунира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid