Investitsion oltinning vazifasi uning egasini quyidagilardan himoya qilişdir:
- inflyatsiya;
- milliy valyutaning qadrsizlanişi;
- geosiyosiy beqarorlik;
- moliya bozorlaridagi inqirozlar.
Ammo oltinning özi pul oqimini yaratmaydi. U ijara haqi, dividend yoki biznes foydasidan uluş tölamaydi.
Tilla, avvalo, diversifikatsiya qilingan investitsiya portfelining bir qismi hisoblanadi. Maqsad va tavakkalçilik darajasiga qarab, umumiy boylikning taxminan 5-10 foizini tillada saqlaş köpinça maqbul deb baholanadi. Özbekistonda investitsion tillaga qiziqqanlar uçun banklar orqali 999,9 probali oltin quymalarini xarid qiliş imkoniyati mavjud. Masalan,
Hamkorbank orqali ham turli oğirlikdagi oltin quymalarini xarid qiliş mumkin.
Köpçilik oilalar uçun jamğarmaning 5-10 foizini tillada saqlaş oqilona yondaşuv hisoblanadi. 10-15 foizgaça bölgan uluşni esa, odatda, tillaga nisbatan qöşimça ehtiyoj yoki aniq maqsad mavjud bölgan holatlarda maqbul yuqori çegara sifatida köriş mumkin.
Bundan ança yuqori uluş esa himoya emas, balki joriy daromad keltirmaydigan bitta aktivda kapitalni haddan taşqari jamlaşdir.
Hali kapitali katta bölmagan yoş oila heç bölmaganda minimal oltin zaxirasini şakllantirişi mumkin. Masalan, uni bosqiçma-bosqiç 50 grammga yetkaziş maqsad qilib qöyilişi mumkin. Biroq bu universal moliyaviy qoida emas va bunday jamğarma xavfsizlik zaxirasi, uy-joy, taʼlim yoki daromad keltiruvçi investitsiyalar hisobidan şakllantirilmasligi kerak.