O‘zbekiston | 20:30 / 01.05.2015
2750
1 daqiqa o‘qiladi

"Baltiyskaya jyemchujina"da jarohat olgan o‘zbekistonlik muhojir vafot etdi

Kun.uz: Sankt-Peterburgdagi «Baltiyskaya jyemchujina» turar-joy majmuasi qurilishida 10 metrlik balandlikdan yiqilib ketgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqaro olingan jarohatlar oqibatida yiqilganidan bir kun o‘tib shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Operativnoye prikrytiye” yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik mehnat muhojiri 29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:50 da Katernikov ko‘chasidagi qurilish maydonidan 26-sonli shahar shifoxonasiga yopiq bosh miya-chanog‘i jarohati, og‘ir darajadagi bosh miya lat yeyishi, bosh chanog‘i asosi, 12 ta qovurg‘asi singan og‘ir ahvolda olib ketilgan. Jabrlanuvchi ertalabki soat 6 da 10 metrlik balandlikdan tushib ketganini aytgan.

Olingan og‘ir jarohatlar oqibatida yigit 30 aprel ertalabki soat 5 da vafot etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid