Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Kubaga 400 mln dollar ajratadi

Kun.uz: Kuba va Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi va energetika sohalariga oid loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma doirasida Buyuk Britaniya loyihalarning ijrosiga 400 mln dollar miqdoridagi investitsiyani yo‘naltiradi. Bu haqda ikki mamlakatning qo‘shma loyihasi bo‘lmish “Kuba tashabbusi”ning rahbari Jon Xatton bayonot berdi. Kelishuvlar Gavanada aprel oyining oxirida o‘tkazilgan biznes forum doirasida imzolangan. Ma'lum bo‘lishicha, shartnomada Kuba hududida yangi golf maydonining qurilishini moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan.