Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda 10 nafar diniy radikal qamoq jazosiga hukm qilindi

Kun.uz: Tojikistonda diniy ekstremistik oqimning 10 nafar a'zosi qamoqqa olindi. Bu haqda mamlakat oliy sudiga asoslangan holda Interfaks agentligi ma'lumot bermoqda. “Sudlanuvchilar Tojikiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 187.2, 307.2, 307.3-moddalari bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tashkil etish va unda ishtirok etish, ekstremistik tashkilot yaratish va unda ishtirok etishda aybdor deb topildi”, - deb ma'lumot berdi sud xodimi. Ayblanuvchilar 30 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bo‘lib, ular “Jamoat Ansorulloh” oqimi a'zolaridir. Ularning har biri 8.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
