Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:04 / 05.05.2015
1829
1 daqiqa o‘qiladi
Lindsi Vonn 2018 yilda Pxenchxanda o‘tkaziladigan Qishki Olimpiya o‘yinlari elchisi bo‘ladi
Kun.uz: Amerikalik mashhur chang‘ichi va olimpiya o‘yinlari g‘olibi Lindsi Vonn 2018 yilda Pxenchxanda o‘tkaziladigan Qishki Olimpiya o‘yinlari elchiligiga tayinlanadi. Insidethegames portalining ma'lum qilishicha, bu 6 may kuni Seulda o‘tkaziladigan marosimda e'lon qilinadi.
30 yoshli Vonn Pxenchxan-2018 ning faxriy elchiligiga tayinlanadigan birinchi chet ellik sportchi bo‘ladi.
Ayni paytda u 2016 yilda Lillexammerda o‘tkaziladigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining xalqaro elchisi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Koreya tog‘-chang‘i uyushmasi AQSh tog‘-chang‘i sporti va snoubording uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolashi aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish