Sport | 10:21 / 05.05.2015
1997
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona FIFAda anarxiya hukm surayotganini ta'kidladi

image21923565_8aea7bf5b197d333f02ef08cf40b4832 Kun.uz: Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Armando Maradona FIFAda boshboshdoqlik hukm surayotgani va bunga tashkilotning amaldagi prezidenti Yozef Blatter aybdor ekani haqida gapirib o‘tdi. U Reyter nashriga bergan intervyusida FIFAni tanqid qilgan. "Futbol olamidagi har kim FIFAda butunlay hokimiyatsizlik holati yuzaga kelganini biladi. Faqat Blatter buni bilmayapti yoki o‘zini bilmaganday tutayapti. Shuning uchun, men FIFA prezidentligi uchun saylovda uning raqibi, Iordaniya shahzodasi Ali ibn Ol Husayn nomzodini qo‘llab-quvvatlayman", deydi Maradona. Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylov joriy yilning 29 may kunida o‘tkaziladi. Bu saylovda Blatter va iordaniyalik shahzodadan tashqari Niderlandiya futbol ittifoqi rahbari Mixael van Prag hamda portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu ham o‘z nomzodini ilgari surgan. xab-4
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish