17:07 / 05.05.2015
2170

Tojikistonning ShHT davlatlari bilan tovar aylanmasi 520 mln dollardan oshdi

Kun.uz: Tojikistonning Shanxay hamkorligi tashkilotiga a'zo davlatlar bilan tovar aylanmasi 2015 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra 521.6 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligiga iqtibos keltirgan holda cbc.az sayti ma'lumot bermoqda.

Vazirlik xodimlarining ta'kidlashicha, ko‘rsatilgan mablag‘ning asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy bilan savdo aloqalariga to‘g‘ri keladi. Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Qirg‘izistondan mahsulot olib kirish eksportga nisbatan ancha ko‘proqdir.
Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tovar aylanmasining hajmi 1.7 mln dollarni tashkil etishi aytib o‘tildi.

Top