15:44 / 06.05.2015
2203

VDNX maxsus muhofaza qilinuvchi tabiiy hudud maqomidan mahrum bo‘ldi

Moskvadagi VDNX ko‘rgazma majmuasi maxsus muhofaza qilinuvchi tabiiy hudud maqomidan mahrum bo‘ldi. Bu uning hududida ko‘chmas mulk obektlarini barpo etish imkoniyatini beradi.
VDNXning maqomini tugatish to‘g‘risidagi qaror shahar boshqaruvi tomonidan 14 apreldayoq qabul qilingan edi, deb xabar qiladi “Vedomosti” gazetasi.
VDNXga tegishli 200.84 gektar hudud “Ostankino tabiiy-tarixiy bog‘i” tabiiy hududida tarkibiga kirar edi. Endilikda uning o‘rniga ushbu hududga Yauza vodiysidagi umumiy maydoni 210 gektarga teng 9ta uchastka kiritiladi.
VDNX OAJ bosh direktori Vladimir Pogrebenkoning fikricha, bu qaror ko‘rgazma majmuasi uchun foyda keltiradi. Uning so‘zlariga qaraganda, VDNX bog‘ emas, jamoat muhitidir, ilgarigi maqom esa uning jamoatchilik joyi sifatida to‘laqonli ishlashiga xalaqit berayotgan edi.
O‘z navbatida, advokat Irina Zaytsevaning aytishicha, maqomdan mahrum bo‘lgan hududda ko‘chmas mulk obektlarining qurilishi mumkin bo‘ladi.

Top