10:29 / 06.05.2015
2146

Xodorkovskiy saylovlar yordamida hokimiyat tepasiga kela olmasligini tan oldi

YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari, rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Mixail Xodorkovskiyning ta'kidlashicha, u hech qachon saylovlar natijasida hokimiyat tepasiga kela olmaydi.
Bu haqda u Meduza resursiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Mening uchun prezidentlik hayotiy maqsad emas, - deydi u. – Asosiy maqsad mamlakatni o‘zgartirishdir. Prezidentlik esa bir vosita, xolos... Shu bois tan olaman: men hech qachon saylovlar natijasiga ko‘ra hokimiyat tepasiga kelmayman. Men shunchaki saylovda ishtirok etmayman. Agar mamlakatda hokimiyatga qarshi siyosatchi g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan adolatli saylovlar o‘tkazishning imkoniyati bo‘lsa, demak, bu mamlakat deyarli demokratik davlatdir”.

Top