08:00 / 07.05.2015
1996

Luis Enrike "Bavariya" darajasidagi raqibga qarshi qanday o‘ynash lozimligini bilganini aytdi

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Bavariya”ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Natija juda ham a'lo. Biz finalga yaqinlashdik. Javob o‘yinida boshlagan ishimizni yakunlab qo‘yishimiz kerak. Men barchasidan mamnunman. “Bavariya” birorta xavfli vaziyat yaratganini eslay olmayman. Faqatgina Levandovski birinchi bo‘limda qulay vaziyatga ega bo‘lgandi”, - deydi Enrike.

"Biz bunday darajadagi raqibga qarshi qanday o‘ynash lozimligini bilardik. Gvardiola o‘z uslubiga ishondi, o‘z navbatida biz ham. Messi esa barchani hayratlantirishda davom etdi", deydi murabbiy.

Top